5 yil avval, 2011 yil 17 dekabrda Shimoliy Koreyaning marhum sobiq rahbari Kim Chen Ir vafot etgan. U hayotining oxirgi 15 yilida Shimoliy Koreyaning Buyuk rahbari deb atalgan. Shimoliy Koreyaning qat'iy kommunistik tuzumi yetakchisi va hozirgi qo‘rinishdagi Shimoliy Koreyaning yaratuvchisi Kim Ir Senning o‘g‘li Kim Chen Ir butun dunyoga 21-asrda, dunyo torroq va tezroq, axborotga ega bo‘lish mumkin bo‘layotgan bir vaqtda ham bu zamonaviy jihatlardan mahrum bo‘lgan davlatni qurish mumkinligini isbotlagan. Kim Chen Ir Shimoliy Koreyani ocharchilikni doimiy kutish, biroq harbiy atom dasturiga egalikdan faxrlanish holatida qoldirdi. Bu dastur Kim Chen Ir vaqtida xalqaro hamjamiyat bilan savdolashish predmeti bo‘lib kelgan, biroq undan Pxenyanda dunyodagi eng zaif iqtisodiyotlardan biri bo‘lgan iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga zaxiralar qolmagandagina foydalanilgan. Uning o‘g‘li, Shimoliy Koreyaning hozirgi rahbari Kim Chen In ham otasining siyosatini davom ettirmoqda.

Kim Chen Irning oxirgi yo‘li

Yosh Kim Chen Ir (chapda). Kim Chen Ir 1941 yil 16 fevralda (rasmiy biografiyasiga ko‘ra, 1942 yil 16 fevral) Kim Ir Sen (markazda) va Kim Chen Suk (o‘ngda) oilasida tug‘ilgan.

U (chapda) otasi, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Ir Sen va uning singlisi Kim Keng Xui bilan, 1963 yil. Kim Chen Ir 1945 yilgacha umrini Sobiq ittifoqdagi Vyatskiy qishlog‘ida o‘tkazgan,

Kim Chen Ir dehqonlar bilan suhbatlashmoqda, 1971 yil





































