Xitoydagi eng xaridorgir smartfon kompaniyalari reytingi
Digitimes Research tahliliy nashri Xitoy aholisi orasida qaysi kompaniyalar smartfonlariga talab eng katta ekanligini bilish maqsadida statistik tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqida digitimes.com ma'lumot berdi.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, xitoylik iste'molchilar 2016 yilning uchinchi choragi uchun 112,3 million smartfon xarid qilishgan. Bu o‘tgan chorakka nisbatan 5,2 foiz va 2015 yilning xuddi shu choragiga nisbatan 5,8 foizga ko‘p. Shuni ta'kidlash joizki, Xitoyning yirik operatorlari abonentlarni 2G va 3G'dan 4G'ga o‘tkazishni rag‘batlantirish maqsadida asosan uncha qimmat bo‘lmagan modeldagi smartfonlar xaridini subsidiyalashtirishda davom etmoqda.
Natijada eng ko‘p smartfon xarid qilingan kompaniya - Oppo (19.9%) bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Vivo (15.9%)ga nasib etdi. Uchinchi pog‘onada yana bir mahalliy brend - Huawei (12.1%) qayd etildi. Amerikaning Apple kompaniyasi qurilmalari to‘rtinchi o‘rinni oldi (9.3%). Beshinchi o‘rinda esa - Xiaomi (6.3%). Keyingi o‘rinlarni Gionee (5.5%), Samsung (5.1%), LeEco (3.8%), Meizu (3.7%), ZTE (2.1%), Coolpad (1.9%), Lenovo (1.6%) va Hisense (1.2%) kompaniyalari qurilmalari egalladi. \
Shunday qilib, Apple, Samsung Electronics va HTC'ning Xitoy bozoridagi umumiy savdo ulushi 14.8 foizni tashkil etdi.
Mavzuga oid
19:02 / 28.10.2024
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 20 talikka kirdi
22:04 / 23.10.2024
O‘zbekistonning jahon qonun ustuvorligi indeksidagi o‘rni e’lon qilindi
22:02 / 17.10.2024
Dunyoda internet erkinligi darajasi pasayib borayotgani qayd etildi
19:22 / 17.10.2024