Özbekiston Respublikasi hukumati 2017-2019 yillar uçun Namangan şahar yöl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Norma.uz'da xabar berildi.
Vazirlar mahkamasi qarori bilan Namangan şahrining kapital ta'mirtalab köçalari röyxati, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi - suv ta'minoti, kanalizatsiya, elektr ta'minoti, gaz ta'minoti va telekommunikatsiya tizimlari qurilişi va rekonstruksiya böyiça bajariladigan işlar hajmi tasdiqlandi.
Kapital ta'mirlov işlari "Namangan hokimiyatining "Yagona buyurtmaçi xizmati" muhandislik kompaniyasi" zimmasiga yuklatildi. Köçalarni kapital ta'mirlaş böyiça loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş boş loyiha taşkiloti - "Yöl-loyiha byurosi" MÇJ.
Namangan şahrining suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini quriş va rekonstruksiya qilişga doir loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş böyiça boş loyiha taşkilotlari, şuningdek obektlar böyiça boş pudratçi taşkilotlar belgilangan tartibda tanlov natijalari asosida aniqlanadi.
Quriliş-ta'mirlaş işlari Moliya vazirligi qoşidagi Respublika yöl jamğarmasi, mahalliy byudjyet, kapital sarmoya vositalari, şuningdek "Özbekenergo" AJ, "Öztransgaz" AK va "Özbektelekom" AK tomonidan moliyalaştiriladi.
Loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasi va obektlardagi quriliş-montaj işlarini bajariş sifati nazorati Davlat arxitektura va quriliş qömitasi zimmasiga yuklatildi.

















