Ötgan haftada Özbekistonda birin-ketin tört viloyat rahbari özgardi – Toşkent, Sirdaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hokimlari vazifasidan ozod etilib, ularning örniga yangi hokimlar tayinlandi. Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning feysbukdagi sahifasida hokimlarning almaşinuvi sababi ma'lum qilingan.

«2 kunda 4ta viloyat hokimi işdan olindi va virtual qabulxonadan kelayotgan murojaatlar bilan işlaş holati ularning eng asosiy kamçiliklaridan biri sifatida ta'kidlandi!», — deyiladi sahifada.

Ma'lumot uçun, Şavkat Mirziyoyev davlat rahbarligini qabul qilganidan keyin virtual qabulxonasini oçgan edi. Virtual qabulxona faoliyat boşlaganidan 2 oy içida, 25 sentabrdan 30 noyabrga qadar portalga 220 mingdan ziyod murojaat kelib tuşgan. Aksariyat murojaatlarda körsatilgan muammolar tez vaqt içida samarali hal etilgan.

Şundan söng Mirziyoyev barça şahar va tumanlarda «xalq qabulxonalari» oçişni, barça rahbarlardan «xalqqa yaqinroq bölib, xalq dardiga quloq tutişni» talab qildi.

Şuningdek, Özbekistonda «Davlat xizmati töğrisida» qonun işlab çiqarilmoqda, unga köra, öz vazifasiga layoqatli bölmagan amaldorlar ma'muriy va jinoiy jazoga tortilişi mumkin. Yangi yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilinişi ham uşbu yönalişda hali işlar davom ettirilişini anglatadi. Prezident bu dastur doirasidagi işlar faqat 2017 yilda emas, keyingi 5 yilda ham davom ettirilişini aytib ötgan.

Toşkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimi özgardi

Surxondaryo viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Buxoro viloyatida hokim özgardi