AQŞ adliya vazirligi Credit Suisse bankiga 5-7 milliard dollar miqdorida jarima tölaş majburiyatini yukladi. Bu holat 2008 yilgi moliyaviy inqiroz boşida sifatsiz ipoteka obligatsiyalarining sotilişi bilan boğliq, deb xabar bermoqda Reuters.
Ba'zi bir mutaxassislarning fikriça, vazirlik va bank örtasidagi mojaroni tinç yöl bilan hal etiş maqsadidagi bunday jarima miqdori ança yuqori bölib çiqdi. Şu sababdan Credit Suisse jarima hajmini kamaytiriş borasida muzokaralar ötkaziş niyatida.
«Credit Suisse eng yaxşi qarorga kelinişiga işonadi», - deb xabar berdi bank doirasidagi manba.
Ta'kidlanişiça, muzokaralar natija bermasa, AQŞ yuridik organlari bankni sudga berişi mumkin.
Naşr esa masala bu haftadayoq ijobiy hal etilişi mumkinligi haqida ma'lum qilgan.
Avvalroq, AQŞ adliya vazirligi vakillari Credit Suisse bankiga nisbatan jarima sanksiyalari yangi prezident ma'muriyati hokimiyat tepasiga kelguniga qadar töxtatilib turişi mumkinligi haqidagi taxminlarni ilgari surişgandi.

















