19 dekabr kuni keçqurun Berlin şahri markazida yuk maşinasi orqali sodir etilgan terakt oqibatida 12 kişi halok böldi va 48 kişi jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizildi. Yuk maşinasi bir qator diplomatik missiyalar joylaşgan gavjum tuman hududida töplangan odamlar ustiga yurib borgan. Yuk maşinasi haydovçisi Afğoniston yoki Pokistondan kelgan qoçqin bölgan, u maşinani öğirlagan, maşina içida polşalik haydovçi jonsiz holda topilgan.
U voqea joyidan qoçib yaşirinişga harakat qilgan, ammo tez orada politsiyaçilar qöliga tuşgan. Ayni vaqtda u söroq qilinmoqda.
Hukumat vakillari bu hodisani terakt sifatida baholamoqda. Berlin politsiyasi bu hodisa qasddan amalga oşirilganini tasdiqladi. Işni Germaniya boş prokuraturasi tekşirmoqda.
Guvohlarning ma'lumotlariga köra, qora rangli yuk maşinasi mahalliy vaqt bilan soat 20:00da kayzer Vilgelm memorial çerkovi yaqinida taşkil etilgan Rojdestvo yarmarkasi hududida bostirib kelgan.
Yuk maşinasi 50 metr masofa böylab odamlarni surib borgan. Maşina qöşni köçada yana bir pavilonga borib urilgan va töxtagan. Niqob taqqan maşina haydovçisi kabinadan çiqib, Zoologischer Garten bekati tomonga çopgan.
Voqea joyiga politsiyaçilar va qutqaruvçilar yetib kelgan, atrofdagi köçalarda harakat töxtatilgan. Barça jabrlanuvçilar şifoxonaga olib ketilgan.
Hukumat xabariga köra, jarohatlanganlar orasida xorijlik sayyohlar ham bor.
Hujum sababi hozirça aniqlanmadi. Germaniya IIV rahbari Tomas de Mezer bu hodisada terakt belgilarini qayd etgan.
Berlin politsiyasi rahbari Tomas Noyyendorf jinoyatçi maşinani olib qoçgani haqida aytgan. Uşbu jinoyatçi voqea joyidan bir neça yuz metr masofada ekanida fotoroboti yasalişi orqali qölga olingan.
Uşbu hodisadan keyin Berlin politsiyasi şahar aholisi va mehmonlarini köçalarga çiqmaslikka çaqirdi.
Germaniya kansleri Angela Merkel uşbu hodisadan xabardor etildi. U IIV rahbari bilan doimiy aloqada bölib turibdi.
Köplab davlatlar va xalqaro taşkilotlar Berlindagi voqea yuzasidan munosabat bildirib, bu xunrezlikni qoralab çiqdi.
AQŞ va YeI Germaniyaga öz yordamini taklif etdi, qöşni Fransiyada bayram yarmarkalarida xavfsizlik çoralari kuçaytirildi.

















