2007 – 2008 yillarda Özbekiston milliy terma jamoasini boşqargan Rauf Talgatoviç Inileyev Toşkentning “Obod” futbol klubi boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Obod” 2016 yilgi mavsumda Oliy ligada debyut mavsumini ötkazdi. Çempionatni 14-örinda yakunlangan toşkentliklar elitadagi öz örnini saqlab qoldi. Mavsum davomida jamoada uç bor boş murabbiy almaşib, Bobur Zuxriddinov, Aleksandr Moçinov hamda Jafar Irismetov iş olib bordi.
Klub rasmiy saytida jamoaga yangi murabbiy tayinlangani haqidagi xabarda şunday deyiladi: “Obod” yangi mavsumga yangi boş murabbiy bilan tayyorgarlik köradi. Tajribali mutaxassis, öz vaqtida Özbekiston milliy terma jamoasini boşqargan, “Osiyoning eng yaxşi murabbiyi”, deya tan olingan Rauf Inileyev jamoamiz bilan bir yillik şartnomaga imzo çekdi”.
















