Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni «Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qiliş töğrisida»gi farmonini imzoladi. Köp yillardan beri ilk marta prezidentning bunday farmoni e'lon qilinmoqda. Quyida uşbu matn töla holda keltiriladi.

Özbekiston öz tanlab olgan mustaqil taraqqiyot yölidan – ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyillariga asoslangan, inson huquq va erkinliklarini ta'minlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişi sifatida belgilangan demokratik huquqiy davlat va kuçli fuqarolik jamiyati quriş yölidan qat'iyat bilan bormoqda. 

Mamlakatimiz mustaqillikka erişganidan söng Özbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan birinçi xalqaro-huquqiy hujjat – Inson huquqlarining umumjahon deklaratsiyasida har bir inson fuqarolik huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qöyilgan. 

Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Özbekiston Respublikasining fuqaroligiga qanday asoslarda ega bölganlikdan qat'iy nazar, respublikaning butun hududida hamma uçun teng bölgan yagona fuqarolik belgilab berilgan. 

Fuqarolik davlat tomonidan barça şaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarni ta'minlaşning asosi hisoblanadi. 

Özbekiston konstitutsiyaviy normalarni hayotga tatbiq etiş doirasida Özbekiston Respublikasining hududi va uning taşqarisida öz fuqarolarining huquqiy himoyasi va muhofazasini ta'minlaydi. 

Şu munosabat bilan, bugungi kunda fuqarolik beriş töğrisidagi murojaatlarni körib çiqiş va bunday yuksak unvonga munosib şaxslarni, eng avvalo «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi Qonun kuçga kirgan vaqtda turli obektiv va boşqa hayotiy vaziyatlarga köra çet elda bölgan respublikaning mahalliy aholisi orasidan Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qiliş töğrisida asosli qarorlar qabul qiliş masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Mazkur çoralarning amalga oşirilişi xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplariga töla mos keladi va özbek zaminida tuğilib, ösib-ulğaygan hamda Vatanimizning taraqqiyoti va ravnaqiga özining munosib hissasini qöşib kelayotgan şaxslarning manfaatlarini nazarda tutadi. 

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 22-bandi, “Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 17- va 30-moddalariga muvofiq: