Braziliya futbol konfederatsiyasi Braziliya va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasida "Shapekoense" klubi bilan yuz bergan aviahalokat qurbonlari xotirasiga 25 yanvarda Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya stadionida xayriya futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi.

Barcha tushgan mablag‘lar Kolumbiyada 28 noyabrda sodir bo‘lgan aviafalokat qurbonlari yaqinlariga yordamga yo‘naltiriladi. O‘shanda Lamia samolyoti El-Gordo degan joyda yerga qulagan. Samolyotda 77 kishi, jumladan brazil klubining 22 o‘yinchisi bo‘lgan. Aviafalokatda 6 kishi omon qolgan.

Ta'kidlanishicha, Braziliya termasi safida faqat mahalliy futbolchilar o‘ynaydi.

Fojyeada uchuvchi va aviakompaniya aybdor deb topilgandi.    

"Shapekoense" "Atletiko Nasonal" klubi bilan Janubiy Amerika kubogi final uchrashuvining 1-o‘yiniga uchib ketayotgan bo‘lgan. Keyinroq Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMeBOL) "Shapekoense"ni kubok g‘olibi deb e'lon qilgandi.