Jahonga maşhur "Çegara bilmas şifkorlar" (fr. Medecins Sans Frontieres (MSF) xalqaro taşkiloti 1971 yilning 20 dekabrida, Nigeriyada davom etayotgan fuqarolik uruşi fonida Parij şahrida bir guruh şifokorlar va jurnalistlar tomonidan yaratildi. Özining deyarli yarim asrlik xizmati davomida MSF butun dunyodagi muhtojlarga tibbiy va gumanitar yordam körsatib kelmoqda. TASS agentligi şu haqida ma'lumot bilan ulaşdi.
"Çegara bilmas şifokorlar" mutaxassislari MSF xodimlarining qanday qiyinçiliklarga duç kelayotgani va şifokorlarning qaysi xislatlarga ega bölişi kerakligi haqida söz yuritişdi.
Stressga tayyor turiş

MSF'da işlaş mutaxassisning hamma narsaga tayyor turişini közda tutadi: joy özgartiriş, har qanday ob-havo şaroitlari, tinimsiz xizmat körsatiş va butun dunyo kişilari bilan oson muloqotga kirişiş. Bu haqida taşkilotning moliyaviy koordinatori Mayya Terenina ma'lumot berdi.
"Men MSF'ga 1991 yilda, taşkilot endigina Rossiyaga köçib ötganda işga kirdim. Döstlarim meni köngillilar qatorida xizmat qilişga çaqirişdi. Men xizmatni Moskvada boşladim, keyin esa boşqa mamlakatlardagi loyihalarga ekspat sifatida yöl oldim".
Mayya Terenina
Tereninaning sözlariga köra, unda eng katta taassurot qoldirgan joy - zilziladan keyingi Pokiston bölgan. U Pokistonga 2005 yilda - dahşatli zilziladan 10 kun ötib borgan.
Mayya Terenina jamoadagi muhit iş şaroitiga boğliq, deb hisoblaydi.
"Missiya qançalik qiyin bölsa, jamoadagi munosabatlar şunçalik oson keçadi. Insonlar favqulodda vaziyatlarda özlarini eng yaxşi tomondan namoyon etişadi", - deydi Mayya.

Uning fikriça, MSF xodimining eng muhim uç xislati - şaxsiy siyosiy va diniy qaraşlarga tobe' bölmaslik, muloqotga kirişiş xususiyati va stressga çidamlilik.
Jamoada işlaş




















