"Çegara bilmas şifokorlar" (MSF) xalqaro gumanitar taşkiloti Myanma hukumatini heç qanday tösiq va taqiqlarsiz Rakxayn ştati hududiga kiritişga çaqirdi, maqsad - aholini zarur tibbiy va gumanitar yordam bilan ta'minlaş. Taşkilotning RIA "Novosti"ga kelib tuşgan matbuot relizida şu haqida ma'lum qilingan.
"Agar şunday qilinmasa, hayotini saqlab qoliş mumkin bölgan bemorlarning ölim xavfi juda yuqori", - deydi MSF'ning Myanmadagi operatsion menejyeri Benua de Gris.
"Çegara bilmas şifokorlar" taşkilotida ma'lum qilinişiça, na Bangladeşda yaşovçi qoçqinlar va na Şimoliy Rakxaynda qolgan aholiga biror bir gumanitar yordam körsatilmoqda.
"Hududda harakatlanişga ruxsatning yöqligi va xalqaro taşkilotlarning mamlakatga kirişi taqiqlab qöyilişi natijasida taşkilot faoliyati töxtatib qöyilgunga qadar MSF Rakxayn ştati şimolidagi Maungdau va Butxidaung aholi punktlarida tibbiy yordam körsatgan. Biz u yerda qolgan odamlar zarur tibbiy yordamsiz qolişidan xavfsiramoqdamiz... Şimoliy Rakxaynda jarohatlanganlar va bemorlar, şu jumladan surunkali kasallikka çalinganlarga şoşilinç tibbiy yordam körsatilişi kerak, şu bilan birga tezkor tibbiy va gumanitar yordam körsatiş tizimini yölga qöyiş lozim", - deyiladi matbuot relizida.
Taşkilotda qayd etilişiça, Myanma hukumati Rakxayn ştatida yagona gumanitar yordam körsatuvçi böliş istagini bayon qilganidan söng çindan ham yordamga muhtoj kişilarga yordam yetib bormasligi borasida havotirlar yuzaga kelmoqda.

















