“Çegara bilmas şifokorlar” xalqaro taşkilotining Italiyadagi bölimi prezidenti Loris de Filippi taşkilot vakillari Örta yer dengizida muhojirlarni boşqa qutqarmasliklarini aytdi. Uning aytişiça, bu faoliyat taşkilot xodimlari hayotiga xavf solmoqda.

Misol uçun, 2016 yilda Liviya sohilböyi qöriqlaş xizmati vakillari “Çegara bilmas şifokorlar” kemalari tomon 13 marta öq uzişgan. De Filippining ta'kidlaşiça, taşkilot şifokorlar hayotini xatarga qöya olmaydi. Liviya hukumati nohukumat taşkilotlaridan mamlakat sohilböyidan bir neça yuz kilometrlik hududni tark etişni talab qilgan.

Bundan taşqari, taşkilot Italiya içki işlar vazirligidan nohukumat taşkilotlariga ularning noqonuniy muhojirlarni yetkaziş bilan şuğullanuvçi kontrabandaçilar bilan hamkorlik qilişi haqida ayblovlar bildirilgandan keyin tuzilgan özini tutiş kodeksini imzolaş taklifini olgan. Hujjatga köra, Liviya hududiy suvlariga kiriş va muhojirlarni boşqa kemalarga ötkaziş taqiqlanadi. Taşkilot hujjatni imzolaşdan boş tortdi.