Turk hukumati Germaniyaning Istanbuldagi elita gimnaziyasi pedagoglariga o‘quv mashg‘ulotlarida Rojdestvo mavzusini muhokama qilishni taqiqlaganidan keyin Avstriya kolleji rahbari ana shunday bayonot bilan chiqqan.
Shtayner Die Presse nashriga bergan intervyusida o‘quv muassasida Rojdestvoga tayyorgarlik avjida ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hukumati bayramona tadbirlarga tayyorgarlik jarayonlariga aralashmagan.
Shunisi diqqatga sazovorki, turk maktab ma'muriyatiga qarashli nemis gimnaziyasidan farqli o‘laroq, Muqaddas Georgiy kolleji Avstriya ta'lim vazirligiga qarashlidir. Mashg‘ulotlar jadvali ham Avstriya qonunchiligiga muvofiq tuziladi. Shunga qaramay, kollejda asosan turk o‘quvchilari ta'lim oladi.










