BMT Boş assambleyasi köpçilik ovoz bilan Suriyadagi harbiy jinoyatlarni isbotlaş uçun dalillar yiğadigan va keyinçalik javobgarlarni aniqlab ularni javobgarlikka tortiş maqsadida maxsus mexanizm işlab çiqiş yuzasidan rezolyutsiya qabul qildi.

Uşbu rezolyutsiyani ma'qullab 105 mamlakat ovoz bergan, 15 davlat rezolyutsiyaga qarşi, yana 52 davlat vakillari esa betaraf qolgan. Özbekiston bu ovoz berişda iştirok etmadi.

Yangi tuziladigan organ avval tuzilgan Suriyadagi jinoyatlarni tergov qiluvçi mustaqil komissiya bilan hamkorlik qiladi.

Rezolyutsiya loyihasi Lixtenşteyn tomonidan 58 davlat bilan hamkorlikda tayyorlangan bölib, ular qatorida AQŞ, Fransiya, Britaniya, Italiya, Germaniya, Turkiya, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar bor.

Özbekiston Qrim masalasi böyiça Rossiyaga qarşi BMT rezolyutsiyasi qabul qilinişiga "yöq" dedi