16:03 / 23.12.2016
13038

Charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish bo‘yicha dastur qabul qilindi

Foto: Uzdaily

O‘zbekistonda 2016-2020 yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha choralar dasturi qabul qilindi. Dastur, O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 15 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan, deb xabar qilmoqda UzDaily.uz sayti respublika moliya vazirligi matbuot xizmatiga asoslangan holda. 

Qaror charm-poyabzal sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar hajmi va turini kengaytirish, shu maqsadda xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, sanoat tuzilmalarini qayta tashkil etishni nazarda tutadi. 

Hujjatga muvofiq, 2016-2020 yillarda O‘zbekiston 1,683 mlrd dollarlik mazkur sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Xususan, dastur doirasida O‘zbekistondagi korxonalar 29,15 ming juft poyabzal, 2,99 mlrd. kv. dm qayta ishlangan charm, 35,6 mln dollarlik charm-galantereya mahsulotlari ishlab chiqaradi. 

Shuningdek, belgilangan davr mobaynida, jami qiymati 76,5 mln dollarlik 59ta loyiha amalga oshiriladi. 

 

Top