Milan politsiyasi Berlin teraktini ijro etişda gumon qilingan şaxsni yöq qildi. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbalarga tayangan holda Reuters xabar tarqatgan.
Otişma vaqtida jinoyatçi politsiyaçilardan birini yaralagan.
Bundan oldinroq Germaniya prokuraturasi Berlindagi terakt ijroçisi sifatida qaralayotgan, kelib çiqişiga köra tunislik bölgan Anisa Amri haqidagi ma'lumot uçun 100 ming yevro miqdoridagi mukofot e'lon qilgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib ötamiz, 19 dekabr kuni Berlinda yuk maşinasi Rojdestvo yarmarkasida yiğilgan kişilar ustiga bostirib borişi orqali terakt sodir etildi va 12 kişi halok bölib, 50dan ortiq kişi jarohatlandi.

















