AQSh Kim Chen Ir bosh miyasining suratlaridan uning o‘limini taxmin qilgan
AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi va Janubiy Koreya razvedkasi 2008 yilda KXDRning o‘sha vaqtdagi yetakchisi Kim Chen Ir boshmiyasi suratlarini qo‘lga kiritgan. Razvedkachilar ushbu ma'lumotlardan kelib chiqqan holda Shimoliy Koreya rahbarining 3-5 yillik umri qolganini taxmin qilishgan. Yaponiyaning yirik Asahi Shimbun gazetasi o‘z manbalariga asoslangan holda shu haqda yozmoqda.
2008 yil avgustida Kim Chen Ir insultni boshidan kechirgan, uni davolash uchun Xitoy va Fransiyadan shifokorlar taklif etilgan edi. Ular vazifani a'lo darajada ado qilganlari sababli KXDR yetakchisi oktabr oyidayoq o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishgan. Nashr Kim Chen Ir boshmiyasining kompyuter tomografiyasi orqali olingan suratlari qanday qilib MRB va Koreya Milliy razvedka xizmati ixtiyoriga tushib qolganiga oydinlik kiritmagan. Biroq, Asahi Shimbun gazetasining ta'kidlashicha, ayni shu narsa Shimoliy Koreya rahbarining sog‘lig‘ini to‘liq o‘rganish imkonini bergan.
Ushbu tahlillar natijasida Kim Chen Ir 3-5 yil ichida yangi insultni boshidan kechirishi taxmin qilingan hamda katta ehtimol bilan bu safar u dosh berolmasligi aytilgan. KXDR rahbari 2008 yil oktabridan so‘ng, faol turmush tarzini olib bordi, Xitoy va Rossiyaga safar qildi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Kim Chen Ir 2011 yil 17 dekabrda, birinchi insultdan 3 yil-u 4 oy o‘tgach, hayotdan ko‘z yumgan. Mamlakatga uning o‘g‘li Kim Chen In yetakchilik qila boshladi.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
17:46 / 22.11.2024
WSJ: Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
20:56 / 21.11.2024
Putin Pxenyan hayvonot bog‘iga sher va ikkita ayiq sovg‘a qildi
19:15 / 20.11.2024