Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hollivudning yana bir yulduzli juftligi o‘z munosabatlariga nuqta qo‘ydi
Foto: people.com
«Sherlok» seriali yulduzlari Martin Friman va Amanda Abbington 15 yillik munosabatlardan keyin ajrashishga qaror qilishdi. Bu haqida People nashri xabar berdi.
"Men endi Amanda bilan emasman", - dedi Friman intervyulardan birida. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, ular Amanda bilan do‘stona ajrashishgan va Abbington u uchun doimo sevimli insonligicha qoladi.
Frimanning vakili hozircha bu borada qo‘shimcha izohlar bermadi. Frimanning bayonotidan keyin Abbington tvitterda unga minnatdorchilik bildirdi.
Martin Friman va Amanda Abbington juftligi "Faqat erkaklar" seriali vaqtida tanishishgan. Ular bir necha bor birgalikda ishlashga muvaffaq bo‘lishgan. Friman va Abbington «Sherlok» serialida er-xotin Vatsonlar rolini ijro etishgan. Ularning ikki nafar farzandi bor.
Mavzuga oid
15:20 / 06.01.2026
Ajrimdan keyin erkak ayolni uy bilan ta’minlashi shartmi? Qonun tahlili
15:56 / 14.10.2025
Prezident nikoh shartnomasi tuzish afzalliklarini targ‘ib qilish kerakligi haqida gapirdi
09:34 / 28.09.2025
Jizzaxda sudya yordamchisi 300 dollar olgan vaqtida ushlandi
22:49 / 21.03.2025