Janubiy Koreya hukumati Berlin va Anqaradagi hujumlar ortidan mamlakatda terrorçilik xavfi oşgani haqida e'lon qildi.

"Çunan ilbo" naşrining yozişiça, 22 dekabr kuni bölib ötgan hukumat kengaşida ogohlikni oşirib, jamoat joylarida hujumlar oldini olişga qaratilgan qator çora-tadbirlarni tayyorlaş yuzasidan qaror qabul qilingan.

Xususan, birinçi navbatda hukumat mamlakatning çet eldagi fuqarolarini özlarini hujumlardan asraş yöllaridan xabardor qiladi. Bundan taşqari, respublikaning Seul va Pusan kabi yirik şaharlarida aksilterrorçilik organlari majlislari bölib ötadi.

Kengaşda, şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda IŞID tomonidan olib borilayotgan faol tarğibotçilik faoliyatiga qarşi kuraşiş zarurligi aytib ötilgan.

Eslatib ötamiz, 19 dekabr kuni Anqaradagi körgazma oçilişida Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlov qotil tomonidan otib taşlandi. Uşbu suiqasd Rossiya TIV tomonidan terakt sifatida baholandi.

Şu kuni Berlin şahrining markaziy qismida Rojdestvo yarmarkasiga çiqqan odamlar ustigayuk maşinasi bostirib borişi natijasida 12 kişi halok bölib, 50dan ortiq kişi yaralangandi. Bu hodisa ham Germaniya hukumati tomonidan terakt sifatida baholandi.