Liviyaning Afriqiyah Airways aviakompaniyasiga tegishli olib qochilgan A320 samolyotida bo‘lgan yo‘lovchilarning barchasi ozod etildi. Samolyotni olib qochgan 2 shaxs ham Malta hukumatiga taslim bo‘lgan. Bu haqda Malta bosh vazirining rasmiy tvitterida ma'lum qilingan.
Ayni vaqtda ular huquq-tartibot organlari nazoratida.
Bundan oldingi xabarlarda, garovga oluvchilar Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Sayfulislomni ozod etish talabini qo‘yayotgani ma'lum qilingandi.
Ushbu shaxslar Malta hukumatidan boshpana so‘ramoqda.









