Fan-texnika | 11:55 / 25.12.2016
9860
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika faxriylariga "Lyukning qo‘li" taqdim etildi (video)

Sakkiz yil davomida ishlab chiqarilgan va ikki yil mobaynida  Amerika oziq-ovqat hamda dori vositalari sifatini nazorat qilish federal boshqarmasi (FDA) bilan muvofiqlashtirilgan LUKE (DEKA Arm System) bionik protezi  mamlakat harbiy gospitallaridan biriga keltirildi. Tijorat ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishidan avval ilk ikki protez harbiy amaliyotlarda qo‘lidan ayrilgan urush faxriylariga taqdim etildi. Bu haqida engadget.com saytida ma'lum qilindi. 

Loyihani moliyalashtiruvchi DARPA agentligi protezlarni inson a'zolariga yanada yaqinlashtirish maqsadida ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokini davom ettiradi. Bundan tashqari, bionik protezlarni periferik va markaziy asab tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash borasida tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirda "Lyukning qo‘li"da ("Yulduzlar jangi. Imperiya javob zarbini qaytarmoqda" filmidagi Lyuk Skayuokeruning roboqo‘li sharafiga shunday nom olgan) muskullardan elektrik signallarni uzatishda kultega ulanuvchi elektrodlardan iborat tizim qo‘llanmoqda. LUKE faoliyati algoritmlari mavjud analoglarga nisbatan intuitiv va tushunarliroqdir. Bundan tashqari, sun'iy qo‘lning tashqi boshqaruv tizimi joriy qilingan. 

Mavzuga oid