Qayd etilişiça, xalqaro tajribani örgangan holda soğliği va hayot faoliyatining (funksiyalarining) çeklanişi xalqaro klassifikatsiyasi asosida fuqarolarga nogironlikni belgilaşning ijtimoiy modeliga ötiş konsepsiyasi va uning tamoyillarini amalga oşiriş borasidagi “Yöl xaritasi”ni işlab çiqiş nazarda tutilgan. 

Nogironlikni belgilaş mezonlari jahon andozalariga mos ijtimoiy modelga bosqiçma-bosqiç ötkaziladi. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza jarayoni raqamlaştiriladi, unda inson omili iştiroki maksimal kamaytiriladi, nogironligi bölgan şaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga oliş va körikdan ötkazişning yangi elektron axborot tizimi joriy etiladi.

Bundan taşqari, aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlaş darajasi 60 foizga yetkaziladi. 

Aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlaşda davlat iştirokining örni va rolini oşiriş orqali yangi tizim joriy qilinadi.