2016 yil 27 dekabridan Özbekistonda transport vositalarini öğirlaganlik uçun javobgarlik kuçaytirildi. 26 dekabrda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Jinoyat kodeksiga tuzatişlar kiritiş töğrisidagi qonunni imzolagan. Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan 6 oktabrda qabul qilingan, 12 oktabrda Senat tomonidan tasdiqlangan edi, deb yozmoqda Gazeta.uz sayti.
Şunday qilib, JKning yangilangan 267-moddasiga köra, transport vositasini öğirlagan şaxs 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Bungaça, uşbu jinoyatni sodir etganlar uçun 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi qöllanilar edi.
Ayni jinoyat,
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan,
b) bir guruh şaxslar tomonidan avvaldan til biriktirgan holda,
v) zöravonlik yoki zöravonlikni qöllaş tahdidi yoxud,
g) transport vositasini öğirlaş yoki zöravonlik bilan egallab oliş vositasida amalga oşirilsa, 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş bilan jazolanişga asos böladi.
Ayni harakat,
a) öta xavfli retsidivist tomonidan,
b) uyuşgan jinoiy guruh yoki
v) transport vositasini bosqinçilik yöli bilan egallab oliş orqali sodir etilsa, 15 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum etişga asos böladi.
Avvalroq, sönggi uç yilda avtomobil öğirlaş holatlari 65 foizga ösgani xabar qilingan edi. Jinoyat kodeksiga tuzatişlar Boş prokuratura tomonidan kiritilgan.

















