Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida bugun Tojikiston Respublikasi va Özbekiston Respublikasi örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyasining 4-yiğilişi bölib ötdi. 

Yiğiliş yakunlari tomonlar ikki tomonlama özaro aloqalarni rivojlantirişga katta e'tibor qaratayotganliklarini körsatdi.

Uning doirasida ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar körib çiqildi. Ular orasida iqtisodiyot va savdo, transport, sanoat, madaniyat va ta'lim sohalaridagi aloqalarning asosiy parametrlari bor.

Şuningdek, savdo-iqtisodiy aylanmani oşiriş bilan boğliq masalalarni hal etiş yeçimlari va asosiy prinsiplari muhokama qilindi.