Yaponiyaning mehnat siyosatiga oid ma'lumotlarni örganuvçi mustaqil taşkiloti aholisi eng köp mehnat qiluvçi mamlakatlar reytingini taqdim etdi. KBS telekanali şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, haftasiga 49 soatdan köp vaqtini iş joyida ötkazuvçi Koreya Respublikasi aholisi reytingning 1-örnida qayd etilgan.
"2014 yil holatiga köra, Janubiy Koreyada mehnat qiluvçilarning 32,4 foizi haftasiga kamida 49 soat işlaşgan. Bu ularning dunyo miqyosida birinçi örinda ekanliklaridan dalolat beradi", - deya ta'kidlandi telekanalda.
Eng köp mehnat qiluvçilar reytingidagi keyingi örinlarda 30,8 foiz körsatkiç bilan Hongkong (2-örin), 21,3 foiz natija bilan Yaponiya (3-örin) qayd etilgan. Şu munosabat bilan manbada Osiyo mamlakatlarida hali-hanuz Konfutsiya an'analari kuçli ekanligi ta'kidlanadi.
"Biroq iş joyida uzoq vaqt ötkaziş uning samaradorligidan dalolat bermaydi", - deyiladi manbada.
Telekanal Janubiy Koreya hukumatini idorada ötkazilgan vaqt emas, aniq professional yutuqlar qadrlanadigan yangi mehnat tajribasini yaratiş ustida iş boşlaşga çaqirdi.













