
El-yurtini sevgan, uning taraqqiyoti va farovonligi uçun sidqidildan xizmat qilgan farzandlarni tarix ham siylaydi. Xalqimizning tinç, tökin va barqaror hayoti, yoruğ kelajagi yölida kuraşgan insonlar nomi haqli ravişda abadiyatga daxldordir.
Bu jihatlar Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2016 yil 7 dekabrdagi qarori bilan özbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qöşgan atoqli adib, Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nişonlaş va xotirasini abadiylaştiriş borasidagi ezgu işlarda yaqqol namoyon bölmoqda.
28 dekabr kuni özbek adabiyoti, san'ati va ilm-fan sohasi vakillari, adibning muxlislari, yoşlar poytaxtimizning Şayxontohur tumanidagi Al-Xorazmiy 1-tor köçasi 7-uyda jam böldi. Atoqli şoir 1966-2016 yillarda yaşab, ijod qilgan bu xonadonda yodgorlik lavhasi örnatildi.

Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi M.Ahmedov, Badiiy akademiya raisi örinbosari F.Toşmuhamedov, adabiyotşunos olim I.Ğafurov va boşqalar atoqli şoirimizning ijodiy merosi yoş avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşda öziga xos maktab ekanini ta'kidladi. Erkin Vohidov adabiyotda ham, hayotda ham fenomen – noyob hodisa edi.
– Menga qariyb yarim asr şunday benazir ijodkor bilan qöşni yaşab, yaqin hamsuhbat böliş baxti nasib etgan, – deydi şoirning dösti Abdukarim Usmonxöjayev. – Erkin Vohidov özbek mumtoz şe'riyatini zamonaviy badiiy usullar asosida yangi bosqiçga olib çiqdi, uning ijodi XX asrdayoq katta bir daryoga mengzalgani bejiz emas. Şoir xotirasini abadiylaştiriş borasidagi bu ezgu işlar xalqimiz va davlatimiz özining «oq sutu tuz hurmati»ni oqlagan dilbar farzandini munosib qadrlayotganining gözal bir ifodasidir.
Tadbir iştirokçilari va adibning oila a'zolari atoqli şoir qabrini ziyorat qildi. Şoir qabriga gul qöyilib, xotirasiga hurmat bajo keltirildi, Qur'on tilovat qilindi.
Özbek Milliy akademik drama teatrida Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bağişlangan adabiy-badiiy keça bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi X.Sultonov davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nişonlaş töğrisidagi qarori milliy adabiyotimiz va ma'naviyatimizni yuksaltiriş, ijodkorlar mehnatini munosib rağbatlantiriş borasidagi yuksak e'tibor ifodasi ekanini, atoqli şoirimiz ijodi va uning adabiyotimizda tutgan örni, hamişa yoş avlodni yangiça tafakkur bilan yaşaşga undaşdagi ahamiyatini ta'kidladi.















