Yekaterinburgda ijtimoiy vasiylik organi 12 yoşli homilador qizni lölilar qişloğidan olib ketdi. Uning eri va katta yoşli qarindoşlari qizni uyga qaytrişmoqçi. LIFE naşri şu haqida ma'lumot berdi.
Qizning 16 yoşli turmuş örtoği Petro uni qaytarişlarini talab qilmoqda. Petro usiz yaşolmasligi va özini qöyişga joy topa olmayotganini ta'kidlamoqda. "Nima uçun meni undan ayirişdi?" deydi u tuşuna olmay.
Petro Yekaterinburgda tuğilgan. U şu yerda, Şekspir köçasida yaşovçi löli. Ikki yil avval, ya'ni 14 yoşida u 10 yoşli omsklik qiz bilan tanişib qolgan. Qizça xolasinikiga mehmonga kelgan bölgan.
"Uni bir körişdayoq yoqtirib qoldim. Biz ikki hafta birga sayr qildik, men uni şirinliklar va gullar bilan siyladim, u istagan narsalarini sotib oldim, kinoga bordik. Şundan söng ota-onamga uylanmoqçi ekanligim haqida aytdim. Ular qizning yaqinlari bilan şu mavzuda gaplaşişga ketişdi", - deydi Petro.
Manbaga köra, ota qizi Laurani yolğiz tarbiya qilgan, şu sababmi qizni bajonidil ularga topşirgan. Katta töy bölib ötgan.
Ular Petroning ota-onasi bilan birga yaşaşgan. Töydan bir yarim yil ötgaç, farzandli bölişga qaror qilişgan. Dekabr oyida 12 yoşli Laura özini yomon his qila boşlagan va oğriqdan huşidan ketgan. Tez yordam maşinasi çaqirilgan. Şifokorlar qizning 18 haftalik homilasi borligini ma'lum qilişgan. Şundan keyin qizni voyaga yetmaganlarga ijtimoiy yordam körsatiş markaziga joylaştirişgan, hujjatlar esa Tergov qömitasiga topşirilgan.
Petroning sözlariga köra, qiz har kuni unga qönğiroq qilib yiğlaydi.
Laura joylaştirilgan markazda taşqaridan kelgan kişilarning u bilan muloqot qilişiga yöl qöyilmadi, zero buning uçun vasiyning ruxsati kerak, u esa yöq. Şunday bölsa-da, tergov qömitasidagi manbaga köra, qiz xotirjam, boşqa bolalar bilan oson til topişgan. Uning qarindoşlari markazga kiritilmadi, çunki ularning qizga qarindoşliklarini isbotlovçi biror bir hujjat yöq. Umuman olganda, qizning ham heç qanday hujjati yöq. Markaz xodimining sözlariga köra, Lauraning ahvoli yaxşi. Xodimlarining deyarli barçasi bu vaziyatdan hayratda - bu ular duç kelgan birinçi şunday holatdir.
Qizning özi hammasi ikki tomonning roziligi bilan bölganligini ta'kidlamoqda. U Petro va opasi haqida köp gapiradi, uyiga ketişni xohlaydi. Laura tuğruq jarayonidan qörqayotgan bölsa-da, özi haqida bölğusi ona sifatida sözlamoqda.

















