Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda kamida 57 jangari yo‘q qilindi
Afg‘onistonda terrorchilikka qarshi keng qamrovli amaliyot davomida 57 jangari yo‘q qilindi, yana 44 tasi jarohat oldi. Bu haqda Sinxua agentligi mamlakat mudofaa vazirligi bayonotiga asosan xabar bergan.
"Afg‘on milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari terrorchilikka qarshi amaliyot davomida 57 qurollangan jangarini yo‘q qilishdi. Bu holat mamlakatning 34 viloyatidan 11 da bir sutka davomida yuz bergan. Yana 44 jangari jarohat oldi", - deya mudofaa mahkamasi bayonotidan iqtibos keltiradi agentlik. Bundan tashqari, xavfsizlik kuchlari katta hajmdagi qurol-yarog‘larni olib qo‘yishgan. Shu bilan bir qatorda, kuch tizimlari tomonidan yo‘qotishlar haqida hech narsa ma'lum emas.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlarida so‘nggi vaqtda ekstremistlar pozitsiyasi jiddiy kuchaydi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026