Xitoyda fil suyagi sotuvi taqiqlanadi

Foto: RIA "Novosti"
Xitoyda fil suyagidan tayyorlangan mahsulotlarni sotish va uni qayta ishlashni taqiqlash, ularni mamlakatning maxsus ma'muriy tumani Honkong orqali yashirincha olib o‘tishga olib kelishi mumkin.
Xitoy davlat kengashi tomonidan chop etilgan hujjatga ko‘ra, bunday cheklov 2017 yilning 31 martidan asta-sekinlik bilan kiritiladi va 2017 yilning 31 dekabriga qadar Xitoyning barcha hududini qamrab oladi.
Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining Honkong bo‘limi yovvoyi tabiatga qarshi jinoyatlarni surishtirish bo‘yicha katta zobiti Sheril Loning ma'lum qilishicha, bu holat “savdogarlar Honkongni noqonuniy fil suyagini o‘tkazadigan bozorga aylantirishlariga” olib keladi. Bu haqda mahalliy RTHK radiostansiyasi xabar bermoqda.
Radiostansiyaning qo‘shimcha qilishicha, Honkong hukumati 2021 yilgacha fil suyagi mahsulotlari savdosini butunlay taqiqlash haqida ma'lum qilgan. Bunday mahsulotning bir kilogrammi narxi 1,1 ming AQSh dollari atrofida baholanadi.
Xitoy davlat kengashining hujjatida aytilishicha, bunday choralar fillarni qo‘riqlashni kuchaytirish, fil suyagi mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan kurashga yo‘naltirilgan. Cheklov bunday mahsulotlarni ko‘cha bozorlari va do‘konlarda, shuningdek internet orqali sotishni o‘zi ichiga qamrab oladi. Bu boradagi ishlarning bajarilishi ustidan nazorat Xitoy jamoatchilik xavfsizligi vazirligi, bojxona, o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi, savdo va sanoat vazirligiga yuklangan.
Ma'lumot uchun, Xitoy, Koreya va Vetnam kabi bir qator Osiyo mamlakatlarida fil suyagi mahsulotlari, shoxli qo‘ng‘iz shoxi yoki chumolixo‘r terisiga ega bo‘lish o‘ziga xos nufuz hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar ekstremal jaziramalarning asosiy aybdorlarini aniqladi
Jahon | 23:35 / 07.05.2025
-
7 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:10 / 07.05.2025
-
TDTU negizida yangi Tashkent Tech texnika universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 23:07 / 07.05.2025
-
Albaniya Trampning kuyoviga tegishli kurort qurilishini ma’qulladi
Jahon | 23:06 / 07.05.2025
Mavzuga oid

21:06 / 06.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Jingpingga ta’ziya yo‘lladi

00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi

20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi

16:13 / 05.05.2025