Italiyada tuxum körinişidagi Kinder Surprise şirinligini öylab topgan Uilyam Salis 83 yoşida vafot etdi. Bu haqda Italiyaning Corriere Della Serra gazetasi ma'lum qildi. U 29 dekabrda Italiya şimolidagi Paviya şahridagi şifoxonada vafot etdi. U bu yerga insultga uçragandan keyin yotqazilgandi.

Salis Ferrero qandolatçilik konserni jamoasiga 1960 yilda qöşilgan va uning egasi Mikele Ferreroning öng qöliga aylangan. 1970-yillarda kompaniya xaridorlarning pasxa tuxumlarini faqatgina bayramlarda sotib oliş odatlariga çek qöyiş usulini qidira boşlagan. Ana şunda tuxum içiga sovğa joylaştiriş ğoyasi paydo bölgan. Aynan şu tariqa hozirda bolalarning sevimli şirinligi Kinder Surprise vujudga kelgan.

Muvaffaqiyat özini uzoq kuttirib ötirmadi. Ferrero konserni bunday tuxumlardan har yili 100 mln donalab sotadi.

Kinder Surprise tuxum körinişidagi şokolad bölib, uning içida bölaklangan öyinçoq solingan böladi. Salis 2007 yilda pensiyaga çiqqaç kompaniyani tark etgan. Kompaniya egasi Ferrero esa 2015 yil 89 yoşida vafot etgan.