Ferrero - kiçik qandolatçilik korxonasidan butun jahon tan olgan brendgaça
|22:02 / 05.02.201725 21721 min
Ferrerolar oilasi nazorati ostidagi Italiyaning Ferrero kompaniyasi özining bir qator şirinliklari bilan maşhur. Kinder Surprise, Nutella, Fererro Rocher şular jumlasidandir. Kompaniya şuningdek öz şirinliklari tarkibini sir tutişi, xodimlariga ğamxörligi hamda ijtimoiy taşabbuslari bilan ham tanilgan. vc.ru mazkur kompaniya haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
Bugungi kunda Ferrero kompaniyasini Italiyadagi eng yirik kompaniyalardan biri deyiş mumkin. Nutella va Raffaello kabi sevimli şirinliklar işlab çiqaruvçisi dunyoning 50 mamlakatida faoliyat yuritadi. Bundan taşqari, kompaniya bir neça marotaba işlaş uçun qulay şart-şaroitlar mavjud bölgan korxona sifatida tan olingan. Hozirgi muvaffaqiyatiga erişiş uçun kompaniya kiçik qandolatçilik korxonasidan to butun dunyoga maşhur brendgaça bölgan yölni bosib ötgan. Ferreröning rivojlaniş tarixi uşbu kompaniya egalari bölgan Ferrerolar oilasi bilan uzviy boğliq.
Ferreröning yaratilişi. Gianduja'dan Nutella'gaça
Kompaniya asosçisi qandolatçi Petro Ferrero bölgan. U 1898 yilda novvoylar oilasida dunyoga kelgan. Uning erta tarjimai holiga taalluqli boşqa faktlar yöq. Versiyalardan biriga köra, u 1942 yilda şirinliklar dökonini oçgan. Boşqa bir versiyaga köra, unga Italiyaning Alba şaharçasida kiçik qandolatxona meros qilingan.
Uruşdan keyingi davrda Italiyada qandolatçilarning işlaşi oson bölmagan - kakao importi qat'iy tartibga solingan. Ferrero uning örnini bosuvçi vositani topdi va Gianduja yoki Giandujot şirinligini yaratdi. Undagi kakao miqdori şunçaki taşqi körinişi uçun edi, asosiy masalliqlardan biri esa funduk böldi. Gianduja'ning turi köp, eng maşhurlaridan birining tarkibi funduk, asal va kakao yoğidan iborat.
Uşbu mahsulot Janduya ismli karnaval qahramoni şarafiga nomlangan. Ferrero bu şirinlik retseptiga muayyan özgarişlar kiritgan. Şirinlik yaxşi sotilgan va mintaqadagi eng maşhur şirinlikka aylangan. Oilaviy biznes muvaffaqiyat qozona boşlagan, biroq kölam jihatidan u qadar kengaymagan.
Mavzuga oid
Kutilmagan tasodif barçasini özgartirib yubordi. Alba meriyasi Ferreroga Gianduja şirinligiga yirik buyurtma beradi. Qandolatçi ularni tayyorlab, yertölaga joylaydi. Afsuski, ob-havo haddan taşqari issiqligi sabab Ferrerolarning mehnat mahsuli erib ketadi.
Bu ketişda katta moliyaviy yöqotişga uçraşi mumkinligini öylagan Petro özini yöqotib qöymadi va hosil bölgan pastadan öziga xos şokoladli buterbrodlarni yaratdi. Boz ustiga pasta işlab çiqişga kamroq xomaşyo sarflanardi. Şu tariqa Ferrero özi kutganidan-da köp pul işlab oldi. Keyinçalik Nutella nomini olgan yangi mahsulot ana şunday "dunyoga kelgan".
Uşbu yangi ixtiro Ferreroning oilaviy biznesiga muvaffaqiyat keltirdi va oila öz biznesini kengaytirişga qaror qildi. 1946 yilda birinçi fabrika oçildi. Oilaviy kompaniyada Petrodan taşqari uning ukasi Jovanni, turmuş örtoği va öğli Mikele faoliyat olib borgan. Pera qandolatçilik tarmoğini takomillaştiriş bilan şuğullandi. Mikele esa yangi şirinliklarni ixtiro qilişda otasiga kömaklaşardi. Petro öz biznesini uzoq boşqarmadi - 1949 yilda u hayotdan köz yumdi. Oilaviy biznes uning ayoli, ukasi va öğli tomonidan davom ettirildi.
Mikele Ferrero kompaniyaning kelgusidagi muvaffaqiyatiga katta ta'sir körsatdi. U ham otasi kabi ajoyib qandolatçi bölgan, u kompaniyaning maşhur şirinliklarining katta qismini yaratgan hamda Italiyaning eng badavlat kişisiga aylangan. Mikele oilaviy biznesga 1957 yildan rahbarlik qilgan.
Unga qadar kompaniyani Pera va Jovanni boşqargan, ular asosiy e'tiborni Gianduja pastasiga qaratişgan. 1951 yilda bu pasta nomi Supercrema'ga özgargan, u şişa bankalarda sotilgan. Pera Ferrero Ferrero kompaniyasi öz mahsulotlari sotuvlarini yölga qöygan joylarda yoqimli muhit yaratişga katta e'tibor qaratgan va bu sözsiz xaridorlarni öziga jalb qilgan.
Mikele mahsulotlar safini kengaytiriş haqida köp öylagan. Bu borada uning bir neça ğoyalari ham bor edi va ular asosan "Valeriya" auditoriyasi (u italiyalik uy bekalarini şunday atagan)ga möljallangan edi. 1956 yilda Mikele Mon Chéri - konfetlar turkumini işlab çiqqan va taqdim etgan. Mon Chéri - usti şokolad bilan qoplangan, içida esa likyor va olça joylangan konfet. Buning yana bir versiyasi bor - unga köra, Mon Chéri konfetlarini Jovanni Ferrero işlab çiqqan. Mikele esa kompaniya boşqaruviga ötganidan keyin ularni uy bekalariga tarğib qila boşlagan.
Yangi mahsulot avval Italiyada, keyin esa butun Yevropa böylab tezda maşhur bölib ketdi. 1956 yilda Ferrerolar Germaniyada özlarining ilk fabrikasini oçişgan. Korxona Franfurkt yaqinida bölgan - Supercrema şu yerda işlab çiqariş yölga qöyilgan. Undan keyin esa Germaniyada Mon Chéri sotuvlari yölga qöyilgan.
Mikele Ferrero kompaniya boşida. Yangi mahsulot va xalqaro integratsiya
1957 yilda Jovanni Ferreroning ölimidan keyin Mikele oilaviy işning yagona boşqaruvçisiga aylanadi va ikki yönalişda işlaşda davom etadi - original mahsulot yaratiş va boşqa mamlakatlarga integratsiya qiliş. Öşa payt u 32 yoşda bölgan, oilaviy biznes sohasida uning tajribasi katta bölib, eng asosiysi, unga meros qolgan kompaniyani rivojlantiriş istagi bölgan.
Mikele özini kadr tanlaş böyiça mutaxassis sifatida ham namoyon eta olgan. Uning eng asosiy yutuqlaridan biri kompaniyaga yoş qandolatçi Uilyam Saliçeni işga olgani böldi. U ma'lum bir vaqt ötgaç Ferreroning tengsiz maslahatgöyi va yordamçisiga aylanadi va Ferreröni jahonga tanitişda katta ahamiyatga ega bölgan bir neça mahsulotning yaratilişida iştirok etadi. Saliçe öz xizmatlarini kamtar baholagan – u Ferreroni haqiqiy ixtiroçi, özini esa bor-yöği ijroçi deb atagan.
1959 yilda Ferreröning Fransiyaga integratsiyasi boşlangan. Bu jarayonni soddalaştiriş uçun Prevost et Grenier qandolatçilik kompaniyasi xarid qilingan. Fransiyada sotuvi yölga qöyilgan ilk mahsulot Mon Chéri konfetlari bölgan. Keyin esa maşhur Ferrero pastasining La Tartinoise nomini olgan versiyasi paydo bölgan. Manbaga köra, u faqat nomi bilangina farq qilgan.
1963 yilda Ferrero kompaniyaning eng maşhur mahsuloti - Supercrema pastasini yanada takomillaştirişga kirişgan. Ferrero aynan nimani özgartirgani haqida ma'lumot kam. Qanday bölmasin, 1964 yilda kompaniya mijozlari Supercrema asosida yaratilgan yangi mahsulot - Nutella pastasini xarid qila boşlaşadi.
Nutella pastasi ilk yaratilgan davridanoq hozirgi sifatga ega bölgan. Ferrero heç qaçon öz mahsuloti tarğibotiga pul ayamagan va şu bois Nutella'ni zamonamizning eng maşhur şirinliklaridan biriga aylanişiga sabab bölgan. Ferrero mahsulotlari tarğibotida ajoyib iboralardan foydalangan - "Nutella'siz hayot qanday keçardi?" yoki "Nonga baxt surting" va b. Bundan taşqari brendning reklama kampaniyalari yodda qolardi.
Nutella — dunyoda eng köp sotiluvçi pasta. Bugungi kunda kompaniya yiliga 365 ming tonnadan ziyod pasta işlab çiqaradi. Şunday ma'lumotlar ham borki, har 2,5 soniyada bitta Nutella xarid qilinar ekan. 2007 yilning 5 fevrali Nutella kuni - xalqaro bayram sifatida nişonlana boşlandi.
60-yillar davomida Ferrero Yevropa mamlakatlari bozorlariga çiqişda davom etdi. Belgiya, Avstriya, Niderlandiya, Şveytsariya, Şvetsiya va Daniyada kompaniya filiallari paydo böldi.
Işbilarmon har bir mamlakatga alohida yondaşuv kerakligini yaxşi tuşungan va bu strategiyani hayotga tadbiq qila olgan. Turli mahsulot va reklamalar bozordan inobatga olgan holatda işlanardi. Faqatgina Nutella’gina bundan mustasno edi - uni hamma joyda sevib iste'mol qilişardi. 1964 yilda uni heç qanday istisnolarsiz barça bozorlarga çiqara boşlaşdi.
60-yillar oxirida kompaniya safi yanada kengaydi. Gap ikki yangi mahsulot haqida ketmoqda - Kinder şokoladi va Tic Tac yalpizli konfetçalari. Kinder brendi 1968 yilda Ferreröning talabçan iste'molçilarga javobi sifatida işlab çiqilgan - ota-onalar şokoladlarning bolalar soğliğiga ziyon yetkazişidan qörqib, şirinliklar masalasida ança talabçan bölib qolişgandi. Ferrero buning ham yölini topdi, u şokoladlarni yaxlit emas, kiçik batonlar şaklida sota boşladi. Bu ota-onalarga farzandi yegan şokolad miqdorini nazorat qiliş imkonini berardi. Yangi sutli şokolad barçaga xuş yoqdi.
Tic Tac tarixi 1969 yilda boşlangan. Mahsulot nomi uning qopqoğini oçgandagi tovuşlarni ifodalagan.
60-yillar oxirida Ferrero AQŞ bozoriga e'tibor qaratgan. Nutella bilan Amerika bozoriga kirib boriş oson bölmagan, zero u yerda raqobat kuçli bölgan. Tic Tac esa ayni muddao bölgan. U şaffof plastik qutiçalarda sotilgan va tezda tanilgan. 1969 yilda Ferrero Nyu-Yorkda öz filialini oçdi, keyinçalik esa Nyu-Jyersidagi korxona ham işga tuşirildi.
Tic Tac mahsuloti safi 70-yillar davomida kengaygan. U yangi ta'mlar bilan boyitilgan. Bunday kengaytmalar böyoqlar bilan boğliq muammolarni keltirib çiqargan. 1976 yilda uzum ta'mli Tic Tac işlab çiqariş tugatilgan (ziyon deb topilgan).
Kinder Surprise. Kompaniya faoliyatidagi öziga xos jihatlar
70-yillar boşida Ferrero yana bir jahonga maşhur mahsulot - Kinder Surprise'ni işlab çiqardi. Bu şirinlik tarixi boşqalari kabi Ferrero va Saliçe hamkorligiga asoslangan.
Saliçe şokoladli tuxumlar içiga öyinçoqli plastik konteyner joylaşni taklif qilgan.
Kinder Surprise'da sutli şokolad muhim element bölgan. Biroq Ferrero öyinçoqlarga alohida e'tibor qaratdi va bu borada dizayner Henri Rotni işga yolladi. Kinder Surprise'ning ilk öyinçoqlari temir çavandozlar va hindular bölgan. 1974 yilda Kinder Surprise sotuvga çiqdi va mahsulotning birinçi partiyasi bir neça soatdayoq sotib bölindi. Bu öyinçoqli şokoladlar bolalardan taşqari kolleksionerlarda ham qiziqiş uyğota boşlagan. Ba'zilar bunday hobbidan katta pul ham işlaşadi. Eng yirik kolleksiyalardan biri 90 000 öyinçoqni özida jamlagan va 30 000 yevroga sotilgan.
1975 yilda Ferreroning yangi işlanmasi namoyiş etildi - Kinder Brioss şirinliklari. Uşbu mahsulot muvaffaqiyati kompaniya safini yanada kengaytiriş imkonini bergan, şuningdek sut naçinkali Kinder Delice biskvitçalarining paydo bölişiga olib kelgan. 1976 yilda Kinder Fetta al Latte va Kinder Pingui deb nomlangan sovutilgan qandolat mahsulotlari işlab çiqarila boşlandi. Ularning öziga xosligi şundan iborat ediki, tarkibida konservantlarning yöqligi sabab albatta muzlatgiçda saqlaş şart bölgan.
70-80-yillarda Ferrero yana yangi bozorlarga çiqqan - Argentina, Braziliya, Ekvador, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Hongkong, Tayvan. Bundan taşqari, Ferrero Italiyada ikkita yangi zavod qurdirgan.
1982 yil içida butun yonğoq solingan Ferrero Rocher şokoladlari yaratildi. Ferrero Rocher - Mikele öz familiyasini bergan birinçi şirinlik böldi.
Mikele Ferrero haqida gap ketganda uning işçilar bilan munosabatlarini çetlab ötişning iloji yöq. Ferrero kompaniyasi yana şunisi bilan maşhurki, u uzoq yillik faoliyati davomida biror marta işçilarning noroziligiga sabab bölmagan. Mikele 1957 yildayoq öz xodimlariga maktub yöllab, ularning oila a'zolari yaxşi yaşaşlarini ta'minlaş uçun hamma narsaga tayyorligini ta'kidlagan. Ferreroning sözlari uning xatti-harakatlari bilan tasdiqlangan.
Işçilarga bölgan munosabat ijobiy bölişiga qaramay, Ferrero korxonalarida qat'iy tartib örnatilgan.
Ferrero öz xodimlariga yaxşi iş şaroitlarini yaratgan, jumladan u xodimlari qarigan çoğida ham ularga ğamxörlik qilgan. Şu maqsadda 1983 yilda maxsus fond taşkil etilgan - Pietro, Piera And Giovanni Foundation. Uning maqsadi - kompaniyada töxtovsiz 25 yil işlagan xodimlarga ğamxörlik qiliş bölgan. Fond ularni tibbiy va ijtimoiy yordam bilan ta'minlaydi, şuningdek ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaydi. Bundan taşqari, fond körgazmalar, kongresslar, konferensiya va seminarlarni taşkillaştirişda ham yaqindan kömak bergan.
Oxirgi paytlarda degustatsiya holati biroz özgardi. Mikele Ferreroning hayotlik çoğida kompaniyaning Lyuksemburgdagi ştab-kvartirasida çorşanba kuni ertalab top-menejment töplanganiga oid xabar bor. Ularga degustatsiya uçun Ferreröning eski va yangi mahsulotlari bilan bir qatorda raqiblar mahsuloti ham taqdim etilgan. Şundan söng rahbariyat bu borada özaro fikr almaşgan va Ferreroning xulosalariga alohida qiziqiş bildirgan.
Ferrero kompaniya faoliyatining barça jihatlarini muntazam nazorat qilgan. U öz kompaniyasi sirlarini saqlaşni bilgan va mahsulotlar retseptini jamoatçilikka oşkor qilmagan. Kompaniya fabrikalariga jurnalistlar qöyilmagan, ekskursiyaga ham ruxsat berilmagan.
Ferreroning özi matbuot diqqat markazida bölişni yoqtirmagan. Jurnalistlar Alba şahridagi Ferrero fabrikasida birinçi marta 2011 yilda bölişgan, bu vaqtga kelib rahbariyat siyosati biroz özgargandi. Mikele Ferrero öz mahsulotlarini Puliregia reklama kompaniyasi orqali tarğib qilgan.
Petro va Jovanni Ferrero kompaniya boşqaruvida
90-yillar boşi kompaniya tarixida Şarqiy Yevropa bozorlariga çiqiş bilan muhrlandi. Manbalarning bir qismida ta'kidlanişiça, bu davrda Ferrero kompaniya boşqaruvini öğillari Petro va Jovanniga topşirgan, biroq aksariyat ma'lumotlar bu hodisaning 1997 yildagina röy berganiga işora qiladi. Bunga qadar Mikelening özi kompaniyaga rahbarlik qilgan.
Aynan uning şarofati bilan 1990 yilda yana bir maşhur mahsulot – Raffaello yaratilgan. Bu 1990 yilda taqdim etilgan yagona şirinlik emas. Ferrero şu yili Kinder Bueno – sutli şokolad va yonğoqli kremli vafli-tayoqçalarni bozorga çiqargan. 90-yillarda Tic Tac sotuvlari ham ösib, uning turlari köpaygan. Qolgan mahsulotlar bilan ham heç qanday muammolar bölmagan.
Kompaniya mahsulotlari Şarqiy Yevropa bozorlarida iste'molçilar işonçini qozonişga muvaffaq bölgan. Bu davrda Ferrero mahsulotlari kirib kelgan mamlakatlardan Polşa, Vengriya, Çexiya va Rossiyani yodga oliş mumkin. RF bozoriga kompaniya 1995 yilda kirib kelgan.
1995 yilda kompaniya sotuvlari 3 milliard dollarga yetdi, şundan 25 foizigina Italiyaga töğri kelardi. Ön yillik oxiriga borib Şimoliy va Janubiy Amerikada sotuvlarni 1 milliard yevroga oşiriş maqsad qilingan. Braziliyada biznesni taraqqiy ettiriş uçun 100 million dollarlik yirik korxona işga tuşirilgan. Bundan taşqari, kompaniya dunyoning boşqa mamlakatlardagi faoliyatini ham ilğor yuritgan.
Şu yili kompaniya boşqaruvi işbilarmonning öğillari – Petro va Jovanniga ötgan. Bir vaqtning özida kompaniyaning Unilever’ga sotilişi haqidagi gaplar oralagan. Iş bitimgaça yetib bormagan va Ferrero oilaviy biznes sifatida rivojlanişda davom etgan. Ön yillik oxiriga borib kompaniya 20ga yaqin brendni nazorat qilar edi. 2001 yilda sotuvlar 4,4 milliard yevroga yetgan.
2001 yilda Kinder Joy işlab çiqarila boşlagan – bu Kinder Surprise’ning issiq ölkalarga möljallangan maxsus versiyasi hisoblanadi. 2000 yilda Estathé (çoyli içimliklar qatori) paydo böldi. Ularning eng öziga xos jihati qulay plastik stakanlar va truboçkalarga joylanganligi bölgan.
Mikele Ferrero biznesni tark etganidan keyin Monte-Karloga köçib ötgan. U Monakoga dam oliş uçun kelmagan. Ferreröning uç tadqiqot markazidan biri qirollikda joylaşgandi va Mikele bu yerda özining sevimli işi bilan şuğullanişda davom etgan. U kompaniya boşqaruvidan ketganiga qaramay, öğillari usiz birorta ham muhim qaror qabul qilişmagan.
2000-yillarda Ferrero şaxsiy fabrikalari sonini oşiradi va jamoatçilikni ijtimoiy aksiyalar bilan xursand qila boşladi. Noçor mamlakatlardagi maşhur ijtimoiy dastur quyidagi tamoyil böyiça işlaydi – Ferrero u yerda zavodlar oçadi va aholini iş örinlari bilan ta'minlaydi, söng mintaqadan tuşgan daromadning ma'lum bir qismini mahalliy ta'lim va tibbiyot dasturlariga safarbar etadi.
2000-yillar örtasida Gran Soleil – limonli desert yaratildi. Uning öziga xosligi şundaki, u suyuq holatda sotiladi, xaridor esa uni çayqatib, muzlatişi kerak böladi. Natijada sovuqda saqlaşga hojat bölmagan muzqaymoq hosil böladi.
Hatto inqirozli 2008-2009 yillarda Ferrero kompaniyasining umumiy aylanmasi 6,3 milliardni taşkil qilgan. Öşa yili Rossiyaning Vladimir viloyatida kompaniya fabrikasi qurila boşlagan. Unga 200 million yevro sarflangan, bu esa inqiroz davri uçun katta summa. Fabrika qurilişi 2010 yilda tugatilgan.
Işbilarmonning ikki öğlidan dastlab Petro yetakçilik qildi. U otasidan farqli ravişda Ferrero boşqa kompaniyalarni qölga kiritişga emas, organik rivojlanişga diqqatini qaratişi kerak, deb hisoblardi. Biroq oilaviy biznesni rivojlantirişning bunday usuli qarindoşlar tomonidan qöllab-quvvatlanmadi. Barça qarorlar Mikele tomonidan nazorat qilinar edi, Petro esa boş direktor lavozimini Jovanni bilan bölişgan.
2011 yilda Petro işçi safar bilan JARga boradi. U bu yerda velosipedda sayr qiliş vaqtida yiqilib, halok böladi. Buning rasmiy sababi sifatida yurak xuruji keltirilgan. Şu tariqa kompaniya öz kelajagi boğlanayotgan insonni yöqotadi. Şundan keyin Jovanni Ferrero kompaniyaning tölaqonli boş direktoriga aylandi. Ba'zi ma'lumotlarga köra, u oilaviy biznesga kamroq vaqt ajratgan, uning özi esa buni inkor etadi.
Kompaniya Jovanni boşqaruvi ostida bir neça muammolarga duç keladi. 2011 yilda Frankfurt sudi Ferreröga Nutella’ning qadoq qoğozini özgartiriş majburiyatini yukladi – ularning fikriça, bu nom mahsulot haqida yolğon tasavvur hosil qilardi.
Şu yilning özida AQŞda ham Nutella bilan boğliq muammolar yuzaga keldi. Kaliforniyada yaşovçi Afina Hoyenberg pastaning foydali va töyimli mahsulot ekanligi haqidagi reklamasiga “uçib”, öz farzandini şu mahsulot bilan faol oziqlantirgan. Keyinroq u pasta tarkibiga e'tibor qaratgan va mahsulotni notöğri qabul qilganini tuşunib yetgan. Şundan söng Hoyenberg Ferreröga qarşi jamoaviy da'vo işi oçmoqçi bölgan. Jamoatçilik ayolning reklamani şu qadar jiddiy qabul qilganidan hayratga tuşganiga qaramay, kompaniya vaziyatdan çiqiş borasida boş qotirişiga töğri kelgan. 2012 yilda Ferrero ayolga jarima sifatida 3 milliondan ortiq pul tölagan.
Yaxşi yangiliklar ham bölgan. 2013 yilda AQŞ hududida Kinder Surprise savdosiga ruxsat tegdi. Bunga qadar bir qator muammolar tufayli buning imkoni bölmagandi. 1938 yilda qonun tomonidan oziq-ovqat mahsulotlariga iste'molga yaroqsiz mahsulotlarni joylaş taqiqlangan. Bundan taşqari, Kinder Surprise CPSC talablariga javob bermagan. Taşkilot mahsulotdagi “3+” yoşga doir çeklovini qöllab-quvvatlamagan. CPSC standartlariga köra, bunday mahsulot barça yoşdagi bolalar uçun xavfsiz bölişi kerak.
Kinder Surprise barça talablarga muvofiqlaştirilgunga qadar AQŞ bozoriga çiqiş imkoniga ega bölmagan. AQŞda Kinder Surprise’ning içida yiğma öyinçoqlar bölmaydi, faqat butun va yirik hajmli öyinçoqlar joylanadi.
2014 yilda Ferrero katta xaridni amalga oşirdi – 500 million yevroga örmon yonğoqlari bozoridagi dunyo yetakçilaridan biri bölgan Oltan turk kompaniyasi qölga kiritiladi.
2015 yil kompaniya uçun qayğuli keldi – Mikele Ferrero hayotdan köz yumdi. Ferreröning köp yillik rahbarining vafoti bir tomondan özgarişlarga işora qilardi, boşqa tomondan esa – Jovannining imkoniyatini oşirardi. U özgarişlarni xaridlardan boşladi.
Ulardan biri Serbiyaning “Aleksa Şantiç” agrokompaniyasi edi. Bundan avval uşbu mamlakat hukumati bilan özaro hamkorlik töğrisidagi kelişuv imzolangandi. Şundan kelib çiqqan holda, kompaniya 1000 gektar hududda funduk yetiştiriş huquqini qölga kiritdi.
Jamoatçilikni kompaniyaning yana bir xaridi köproq qiziqtirardi – 112 million funtga sotib olingan Thornton şirinliklar işlab çiqaruvçisi. Ferrero şu kungaça raqiblarini xarid qilmagandi, şu bois bu kompaniya tarixidagi yangi sahifa hisoblanadi. Umuman olganda esa, Mikelening ölimidan keyin ba'zi narsalar özgarişsiz qoldi.
Jovanni mahsulotlarga avvalgidek köp vaqt ajratadi va kompaniyaning oilaviyligiça qolişini ta'kidlaydi. Mikelening hayotlik vaqtidayoq kompaniya öz oldiga maqsad qöygan – noyevropa mamlakatlardagi sotuvlarni oşiriş evaziga daromadni ikki barobarga köpaytiriş. 2006 yildan 2014 yilga qadar sotuvlar 45 foizga oşdi. 2015 yilda daromad 9,5 milliardni taşkil qildi.
Barça miş-mişlarga qaramay, Ferrero oilaviy kompaniyaligiça qoladi va buni özgartirmoqçi emas. Ferrero öz tarixida kiçik qandolat işlab çiqaruvçidan dunyodagi eng yirik şirinlik işlab çiqaruvçisigaça bölgan yölni bosib ötdi. Ferrero “yakkahokim” emas, albatta, zero bu maydonda Nestle va Kraft Foods kabi boşqa gigantlar ham bor. Biroq bugungi kunda kompaniya mahsulotlari dunyodagi har bir xonadonda bölişga muvaffaq bölgan desak, yanglişmaymiz.