Qozoğistonning Qarağanda viloyatidagi beş qavatli aholi turar-joy uyining bir qismi yertöladagi isitiş qozonining portlaşi sabab qulagan bölişi mumkin. Bu haqda RIA Novosti mamlakat içki işlar vazirligiga asosan xabar bergan. Eslatib ötamiz, hodisa sabab töqqiz kişi halok böldi.

Voqea Şaxan posyolkasida yakşanba kuni keçqurun yuz bergan. Qutqaruvçilar vayronalar tagidan töqqiz kişi, jumladan uç bolaning jasadini çiqarib olişgan.

"Taxminlarga köra, hodisaga isitiş qozonining portlagani sabab bölgan bölişi mumkin. U uyning yertölasida bölgan", - deya aytib ötişgan mamlakat içki işlar vazirligida.

Qöşimça qilinişiça, kasalxonaga ikki kişi olib ketilgan.