Turkiya va Rossiya bombardimonçi samolyotlari IŞIDning Suriya şimolidagi pozitsiyalariga zarba berişdi. Bu haqda Reyter agentligi turk harbiylariga asosan xabar qilmoqda.

Xabarga köra, turk aviatsiya va artilleriyasi Suriyada sönggi sutka davomida IŞIDning 22 jangarisini yöq qildi. Şuningdek, turk harbiylarining ma'lum qilişiça, Rossiya havo kuçlari IŞIDning mamlakat şimolida joylaşgan Al-Bob şahridagi bir neça nuqtalarini yöq qilgan.

Ma'lumot uçun, Vladimir Putin dekabr oxirida Suriyada öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişilgani haqida xabar qilgandi. Unga köra uçta hujjat imzolandi: birinçisi – Suriya hukumati va qurollangan muxolifat örtasida mamlakat hududida öt oçişni töxtatiş, ikkinçisi – tinçlik kelişuvini nazorat qiliş böyiça çoralar majmuasi, uçinçisi – Suriya mojarosini tinç yöl bilan hal qiliş borasidagi muzokaralarga oid. Kelişuv “Jabhot an-Nusra” va IŞID terrorçilik guruhlarini nazarda tutmaydi.