AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Demokratik partiya serverlariga kiberhujum uchun javobgarlik Rossiya zimmasida ekanligiga shubha bildirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Tramp bu ma'lumotlar bilan bo‘lishishga va'da berdi. U shuningdek "ko‘plab davlatlar, jumladan Rossiya va Xitoy bilan yaxshi munosabatlar bo‘lishiga umid bildirdi.
















