Taniqli bloger va jurnalist Sanjar Said özi istiqomat qilayotgan Jizzax viloyati maktablarida norasmiy ravişda "metallolom soliği" joriy etilgani bayon qilingani haqida yozdi.
Uning ma'lum qilişiça, ba'zi maktablarda "metallolom soliği"ni tölamaganlar darslarga kiritilmayapti.
Bloger şunday yozadi: "Nahotki Özbekiston byudjyeti bolalarning temir-tersagiga qarab qolgan bölsa?!"
Quyida uşbu post deyarli özgarişlarsiz sayt öquvçilariga taqdim etiladi.
"Bir kuni opam qönğiroq qilib, jiyanlarimni “metallolom olib kelmasanglar maktabga kelmanglar”, deb çiqarib yuborişgani, uyda temir-tersak bor-yöqligini söradi. Qonim qaynab ketdi. Maktab direktorining telefon raqamini topib, qönğiroq qildim. “Jiyanlarimga metallolom soliğini solibsizlar, tölamaganlar maktabga kelmasin, emiş. Özbekistonda 12 yillik BePUL MAJBURIY ta'lim bölsa, sizlar qaysi qonun yoki kimning buyruğiga binoan metallolom olib kelmagan bola maktabga kiritilmasin, deb aytayapsizlar?” dedim. Maktab direktori özimning sobiq ustozim, “Sanjarjon, iltimos, qöying, mayli, jiyaningiz metallolom olib kelmasin, bizga tepadan şunday topşiriq bölgan, bolalarga aytişga majburmiz”, deb rosa iltimos qildi. Jiyanlarim istisno tariqasida “soliq”dan ozod qilindi…
Yaqinda Arnasoyga borsam, ammamning bolalariga ham 30 kilodan metallolom olib kelişni aytişibdi. Özi zörğa kun köradi, bitta bolasiga topsa, boşqasi eskisi bilan yurişga majbur, şu holiga yetmaganday naqd 18 ming söm ortiqça xarajat (temir-tersaklar allaqaçon tugab, örniga pul yiğişlar boşlangan). Ta'lim sifati haminqadar bölib, farzandlarni zamonaviy vositalardan çalğitib, öqiş, ta'lim olişga jalb qiliş kundan kunga qiyinlaşib borayotgan bir paytda metallolom, makulatura, obuna va yana boşqa “soliq”, majburiy-ixtiyoriy tölovlar bilan bolalarni maktabdan bezdiriş kimning xayoliga kelgan iş? Xalq ta'limi vazirligimi yoki Moliya vazirligi? Balki viloyat hokimiyati bu buyruqni bergandir? Nahotki Özbekiston byudjyeti öquvçilar temir-tersagiga qarab qolgan bölsa? Axir qip-qizil jinoyatku bu! Qaysi aqli bilan norasida bolalarga metallolom olib kelmasang maktabga kelma, deb buyruq berişayapti ular?! Undan taşqari, şunça yiğilgan pullar qayerga ketayapti? Davlat byudjyetigami rostdan ham?! Keling, byudjyetimiz öquvçilar axlat titib, çiqindixonalarni kovlab terib keltirgan temir-tersak pulisiz qaşşoqlaşib qoladi, ham deylik. U holda nima uçun yiğilayotgan pullar böyiça xalqqa hisobot berilmaydi? Qança pul yiğildi, nimalarga sarflandi, yana qanday kemtiklarimizni töldiriş uçun qançadan temir öquvçilar böyniga yuk bölib tuşadi?!".
















