Xitoy Superligasi legionerlar sonini cheklaydigan bo‘ldi.
Ma'lum qilinishicha, 2018 yildan boshlab jamoalar faqat 4 nafar legioner bilan shartnoma imzolash huquqiga ega bo‘ladi. Ulardan bir nafari Osiyo qit'asiga kiruvchi davlat fuqarosi bo‘lishi shart hisoblanadi.
Ayni paytda Xitoy klublari 5 nafar legionerni mavsum uchun qaydnomadan o‘tkazishi mumkin.
Bu o‘zgarishni 2017 yildan boshlab amalga kiritish rejalashtirilgan, biroq klublar bu qarorga qarshilik ko‘rsatishgandi.











