2017 yilning 1 yanvarida transport vositalari uçun benzin va dizel yoqilğisiga iste'mol soliği 130 sömga qimmatlaşdi (1 litri uçun 335 sömdan 465 sömga). Yangi soliq stavkalari (jismoniy şaxslardan avtomobil yoqilğisi uçun olinadigan soliq miqdori) Özbekiston prezidentining 2016 yil 27 dekabridagi qarori asosida örnatilgan.
Soliq stavkalari özgargan bölsada, benzinning çakana narxi özgarmasdan qoldi. «Özneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi «Gazeta.uz» naşriga izohlaşiça, soliq benzinning oktabrda belgilangan yagona narxiga kiritilgan.
Şu bilan birga, yangilangan soliq stavkasi asosida dizel yoqilğisining 1 litri narxi 130 sömga oşgan (2245 söm örniga 2375 söm).
Transport vositalari uçun suyultirilgan va siqilgan gaz iste'moliga soliq summasi özgarmagan.
23 oktabrdan e'tiboran Ai-80 rusumli avtobenzin 1 litri 2 800 söm (+34,9 foiz), Ai-91, Ai-92 va Ai-93 rusumli avtobenzinlar 1 litri 3 000 söm (31,6 foiz), Ai-95 rusumli avtobenzinning 1 litri esa 3 300 söm (31,7 foiz) etib belgilangandi.
Özbekistonda benzin narxi 2014 yil yanvarida sezilarli darajada oşirilgandi (20 foizga). Şundan söng narxlar 2015 va 2016 yillarda iste'mol soliği özgarişi sababli biroz (tegişli ravişda 25 va 45 söm) kötarildi.
2016 yilning 23 oktabrida esa Özbekistonda benzin narxi örtaça uçdan biriga oşirilgandi.

















