Tadbirkor Jovenel Moiz seşanba kuni vaqtinçalik saylov kengaşi tomonidan noyabrda ötgan saylovlar yakuniga köra rasman Haiti prezidenti deb e'lon qilindi. U “Tet kali” partiyasi vakili hisoblanadi.
Kengaşning xabar berişiça, Moizga saylovçilarning 55,6 foizi ovoz bergan. Bu esa u birinçi tur yakuniga köra ğolib çiqqanidan darak beradi. Şu tariqa, kengaş ovoz beriş jarayonida hiyla-nayranglar işlatilgani borasida bayonot bergan muxolifat nomzodlarining şikoyatini e'tiborsiz qoldirdi.
Moiz – 48 yoşli tadbirkor bölib, uning oilasi qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş bilan şuğullanadi. Davlatning yangi rahbari 7 fevral kunidan vazifasini bajarişga kirişadi.
Ma'lumot uçun, Haitida saylovlarning birinçi turi 2016 yilning oktabrida ötkazildi, biroq keyinroq uning natijalari saylovoldi kuraşda adolatsiz usullarning işlatilişi va xavfsizlik nuqtai nazaridan bekor qilindi. Yangi saylovlar ötgan yilning 9 oktabriga belgilandi, ammo mamlakatga yopirilgan “Metyu” dovuli sabab ortga surildi. Tabiiy ofat 573 kişining hayotiga zomin böldi.

















