Adolf Gitlerning tanqidiy izohlar bilan qaytadan naşr etilgan «Mein Kampf» («Mening kuraşim») kitobi Germaniyada 2016 yilning eng köp qiziqişlarni keltirib çiqargan kitobi böldi. Bu haqda kitobni naşr qilgan Myunxendagi zamonaviy tarix instituti (Institut für Zeitgeschichte, IfZ)direktori Andreas Virşing ma'lum qildi.
Avvaliga institut ikki tomli bu kitobni 4 ming nusxada tayyorlagandi.
«Hozirgaça 85 ming kitob sotdik. Yanvar oyi oxirida oltinçi tiraj çiqadi (...) Heç kim bunday muvaffaqiyatni öylamagandi», — degan Virşing.
Uning sözlariga köra, dastlabki ajiotajdan keyin jamiyat professional muhokamaga kirişgan va kitob matni professional nuqtai nazardan örganib baholangan.
Direktor bu kitobni maktablarda darslik sifatida joriy etiş takliflari ham bildirilganini qayd etib ötgan.
Virşingning xabar qilişiça, ayni vaqtda kitobning fransuz tilidagi naşri tayyorlanmoqda.
«Bu sözma-söz tarjima bölmaydi. Kitobni qayta işlab, qisqartiramiz», — degan u. Direktor kelgusida kitob kattaroq auditoriya uçun ingliz tilida ham naşr etilişi mumkinligi aytib ötgan.
2016 yilning yanvarida Gitlerning kitobi 70 yildan buyon ilk marta sotuvga çiqarilgandi. Peştaxtalarda sotuvga çiqarilişdan oldin ilk tirajni internet orqali buyurtma qiliş mumkin edi.
Gitler «Mayn kampf»ni 1924 yilda, Bavariyadagi qamoqxonada yotganida yozgan. U 1923 yili isyon taşkilotçisi sifatida qamoqqa olingandi. Kitobda natsional-sotsializm ğoyalari aks etgan. Kitob ilk marta 1925 yilda naşr etilgan, 8 yil ötgaç Gitler hokimiyat tepasiga kelgan va bu kitob Germaniyadagi eng köp naşr etiladigan kitobga aylangan, har bir germaniyalik bu kitobni öqib çiqişi şart bölgan.

















