Jahon | 18:19 / 04.01.2017
9679
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi aeroportlarda o‘nlab reyslar bekor qilindi

Moskva shahridagi Domodedovo aeroportida 11 reys kechiktirildi, 9 reys esa bekor qilindi. Sheremetevo aeroportida ham 11 reys kechiktirildi va yana 11 reys bekor qilindi.  «Yandeks. Raspisaniya» internet-resursida shu haqida xabar berildi.

Manbaga ko‘ra, hozircha faqat Vnukovo aeroportida barcha reyslar jadvalga muvofiq amalga oshirilmoqda. 

Ta'kidlanishicha, reyslarning kechiktirilishi va bekor qilinishiga Moskvadagi ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko‘ra, 4 yanvarda boshlangan qor va izg‘irin kechga borib sezilarli darajada kuchayadi. Tunda shaharda 8-9 santimetrgacha qor yog‘ishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid