Turkiya politsiyasi tomonidan Istanbul terakti ijroçiligida gumon qilinib, söroq qilingan Qirğiziston fuqarosi Yahyo Maşrapov jurnalistlarga intervyu berdi.
«Men şunçaki dam olişni istayman. Bunday ruhiy zöriqişdan keyin özingga kelişing uçun vaqt kerak böladi», deya tan olgan Yahyo Maşrapov.
Uning sözlariga köra, tergovdan keyin Turkiya politsiyasi undan uzr söragan, uni Bişkekka kelganida qölga olgan Qirğizistondagi maxsus xizmatlar xodimlari esa, u bilan «yaxşilab gaplaşişgan».
«24.kg» muxbiri savollariga javob berar ekan, Maşrapov Turkiya hukumatidan rasman uzr söraşni va bu xatodan keyin yetkazilgan ma'naviy zarar uçun tovon puli talab qiliş niyatida emasligini, şunçaki dam olişni istayotgani haqida aytgan.
«Men hozirça uydan çiqişni istamayapman. Hozirça Öşda bölaman. Turkiyaga yaqin vaqtlar içida bormoqçi emasman. Hammasi joyiga tuşganidan xursandman. Bizning maxsus xizmatlar ham meni ortiq bezovta qilişmasligini bildirişdi», - deya qayd etgan Maşrapov.
1 yanvarga ötar keçasi Istanbuldagi Reina tungi klubiga noma'lum şaxs Kalaşnikov avtomati bilan qurollangan holda bostirib kirdi va odamlarni qirğin qildi. Uşbu hujum qurbonlari soni 39 nafar, yana 69 kişi jarohatlandi. Hujum vaqtida bino hududida 700-800 kişi bölgan. Ular Yangi yil bayramini nişonlaşayotgandi.
Terakt uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga oldi.
1 yanvar kuni Turkiya politsiyasi uşbu hujumni Özbekiston yoki Qirğiziston fuqarosi amalga oşirgani bölişi mumkinligi haqida aytdi.
Bundan oldinroq gumonlanuvçining Istanbul böylab kezib yurganida özi tomonidan olingan video namoyiş etilgandi.












