Suriyaning Halab şahri aholisi özaro qurolli ziddiyat vaqtida 2,5 martadan köproqqa qisqarib, 4 mln kişidan 1,5 mln kişiga tuşgan. Biroq, şahar jangarilardan xalos etilgaç, unga minglab oilalar qaytmoqda. BMTning Suriyadagi gumanitar koordinatori v.b. Sadjad Malikka asoslangan holda TASS agentligi şu haqda ma'lum qilmoqda.
"Halabda inqirozgaça 4 mln kişi istiqomat qilgan. Hozirgi kunda, bizning hisob-kitoblarga köra, şahar aholisi 1,5 mln kişini taşkil etadi. Bu raqamga şahar içkarisida köçgan 400 ming kişi ham kiradi", - degan Malik şahardagi BMT idorasidan amalga oşirgan videomuloqotida.
Şu bilan birga, Sadjad Malik Halabning şarqiy qismida yaşayotgan kişilarning ehtimoliy soni xususida ham biror fikr bildirişga qiynalgan. BMT ötgan yilning sentabr oyida Suriya kuçlari qurşovida 250 mingdan ortiq inson yaşayotganini ta'kidlagan, biroq, keyinçalik bu raqam biroz börttirilganini tan olgan edi. Qurollangan guruhlar va hukumat örtasidagi kelişuv natijasida dekabr oyi örtalarida Şarqiy Halabdan 36 mingga yaqin kişi köçirildi.
BMT gumanitar koordinatorining sözlariga köra, Halabning minglab aholisi ozod qilingan mavzelarga qaytmoqda. "Odamlar turli mavzelarga qaytişni boşladi. Ularning soni kunsayin ortmoqda", - degan Malik. Uning sözlariga köra, BMT va uning hamkorlari tinç aholi vakillarini röyxatdan ötkazayapti. Şunga köra, şahar aholisi haqidagi aniq ma'lumot yaqin kunlarda paydo böladi.
Uning aytişiça, şahar infratuzilmasi bu qadar vayron bölganini xayoliga ham keltirmagan. "Har bir mavzedagi infratuzilmalarga juda jiddiy talofat yetgan yoki butunlay vayron bölgan. Maktablar, şifoxonalar, klinikalar, yöllar, dökonlar, turarjoy binolari, tarixiy yodgorliklar buzilgan".
Şunga qaramay, Malikning ta'kidlaşiça, şaharda keng qamrovli gumanitar amaliyot olib borilmoqda. Jumladan, 10 mingdan ortiq bola poliomiyelitga qarşi emlangan, 20 ming inson kuniga ikki mahal issiq ovqat bilan ta'minlanmoqda, 40 ming kişiga yangi non tarqatiladi.
Bundan taşqari, bir neça oylar içida ilk marotaba içimlik suvini yetkaziş tiklangan.

















