Suriya poytaxti Damaşq va uning atrofidagi joylardagi 5,5 mln lik aholi şaharning suvga ehtiyojining 70 foizini ta'minlovçi çaşmalar joylaşgan Vadi-Barad vodiysidagi jangovar harakatlar tufayli 22 dekabrdan beri markaziy suv ta'minotidan uzilib qoldi. Bu haqda jurnalistlarga BMT boş kotibining rasmiy vakili örinbosari Farxon Haq ma'lum qildi.
Haqning aytişiça, şu sababli içimlik suviga narxlar 6-10 martaga oşib ketgan, uning tanqisligi esa yuqumli kasalliklarning tarqalişi bilan xavf solmoqda.
BMT ma'lumotlariga köra, Damaşqda aholining minimal ehtiyojlarini ta'minlaş rejasi amalga oşirilişi e'lon qilindi. Yuk maşinalarida maktablar, şifoxonalar va novvoyxonalarga, bir qator tumanlarga suv solingan sisternalar yetkazilmoqda.
BMT tomondan Damaşqda 120 ta suv quduği tiklandi, bu esa şaharning suvga ehtiyojining uçdan bir qismini ta'minlaydi. Bu quduqlar butun Damaşqdagi yagona suv manbasi bölib qolmoqda. BMT Suriya hukumatiga suv tozaligini tekşiruvçi uskunalar, nasos işlarini ta'minlovçi generator va ularga yoqilği taqdim qilgan.
Damaşqni suv bilan ta'minlovçi asosiy manba Vadi-Barad vodiysidagi Ayn-al-Fiji çaşmasi hisoblanadi. Dekabrda jangarilar magistral suv quvurini portlatgandan keyin suv ta'minoti izdan çiqqan.

















