Fransiyada parranda grippi xavfining oldini oliş maqsadida ördaklarni ommaviy qirğin qiliş buyurildi. Bu haqida mamlakat qişloq xöjalik vazirligi ma'lumotiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi. 

Manbaga köra, 5 yanvardan 20 yanvargaça Jyer, Lands va Yuqori Pirenei departamentlarida parrandalarga nisbatan profilaktik çoralar köriladi. Erkinlikdagi barça ördaklar yöq qilinişi ta'kidlandi. 

Vazirlikning ta'kidlaşiça, dekabr oyi boşidan mamlakat xöjaliklarida 89 yuqori darajadagi parranda grippi (H5N8) öçoği qayd etilgan. Kasallik ayniqsa mamlakatning janubi-ğarbida avj olgan.

Reuters mintaqadagi fua-gra işlab çiqaruvçilari xabariga tayanib, 20 yanvargaça umumiy soni 18 millionni taşkil qiluvçi parrandadan 1,3 million ördakning yöq qilinişi haqida ma'lum qildi.