Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shundan so‘ng, Yevroparlamentning hozirgi raisi Martin Shults Germaniya TIVga rahbarlik qiladi. Bild gazetasining uqdirishicha, sotsial-demokratlar yetakchisi Zigmar Gabriel nomzodi kanslerlikka ilgari suriladi.

Shtaynmayyer noyabr oyida GFRning hukmron koalitsiyasi tomonidan Germaniya prezidentligiga ilgari surilgan edi. Davlat rahbarini saylaydigan maxsus organ Federal kengash 12 fevralda yig‘iladi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Yoaxim Gauk o‘tgan yilning iyun oyi boshlarida ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘ymasligini bildirgan edi.