Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida istiqomat qiluvçi ayol tojik militsiyasi tomonidan yangi tuğilgan çaqaloqni sotişda gumon qilinib qölga olindi. 

Tojikiston içki işlar vazirligining xabar berişiça, 32 yoşli ayol qizini 2016 yilning 6 dekabr kuni dunyoga keltirgan. U farzandini Vose tumanilik fuqaroga 14 dekabr kuni 1 ming somoniyga sotib yuborgan.

Uşbu holat böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlandi, deyiladi huquqni muhofaza qiliş mahkamasi xabarida.