2022 yilda Yer aholisi qurollanmagan köz bilan osmonda yangi yulduzning paydo bölişini körişi mumkin böladi. Bu haqda amerikalik astronom Larri Molnar tadqiqoti natijalariga iqtibos keltirgan holda Times naşri xabar bermoqda. 

Yangi yulduz yulduzli osmon xaritasiga 3-asrdayoq tuşirilgan ikkita yulduzning töqnaşişi oqibatida hosil böladi.

Astronomning hisob-kitobiga köra, töqnaşuv şunçalik yorqin böladiki, u bir neça kun davomida osmondagi eng yorqin jismlardan biriga aylanadi. Yangi yulduz Oqquş yulduzlar turkumida paydo bölişi kerak.

Molnar öz tadqiqotida 2008 yilda qayd qilingan yulduzlar töqnaşuvi kuzatuvlariga tayangan.