Nyu-Yorkdagi CITIZEN konferensiyasi vaqtida Qöşma Ştatlar yetakçisi Donald Trampning kuyovi va maslahatçisi Jared Kuşner AQŞ prezidentini «qora oqquş», deb atadi. Bu haqda CNN telekanali xabar qilmoqda.

Kuşner bunday fikrni undan Respublikaçilar partiyasi oraliq saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uçrasa, Trampga bu qanday ta'sir qilişi haqida söraşganida aytib ötdi.

«U qora oqquş. U butun umri davomida qora oqquş bölib keldi», - deya javob bergan Kuşner.

Telekanaldan eslatişlariça, uşbu atama muallifi amerikalik matematik va treyder Nassim Nikolya Tolib sanaladi. U heç qanday taxminlarga böysunmaydigan va boşqalarning taxmin qiliş mumkin bölgan narsalar haqidagi fikrini özgartiradigan kişilarni «qora oqquş», deb atagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp AQŞga kelayotgan migrantlarga çaqiriq bilan çiqqandi.