2017 yilning 1 iyuni - Bolalarni himoya qiliş kuni Toşkent şahridagi hayvonot boği uçun ikki karra bayram böldi. Nihoyat, uzoq kutilgan voqea röy berdi - oqquş bolaladi. Hayvonot boği ma'muriyati öz saytida şu haqida xabar berdi.

Bu Toşkent hayvonot boğida oqquşlarni köpaytirişning birinçi muvaffaqiyatli tajribasidir. Bundan avvalgi urinişlarning barçasi muvaffaqiyatsiz yakun topgan edi.

Oqquşlar juftligi uçun maxsus katta hovuzli alohida katak taqdim etildi. Oqquş avlodini köpaytiriş ilinjida "Suvda suzuvçilar" bölimi xodimlari öz qöllari bilan yoğoç uyça qurişdi, bu quşlarga ma'qul keldi.
"Bolajonlarning bayrami kunida biz katta quvonç va faxr bilan mitti momiqçalarning suratlarini taqdim etamiz", - deyiladi hayvonot boği saytida.














