Joriy yilning 26-27 noyabr kunlari ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Instagram’da foydalanuvçi gafurovskiy.95 tomonidan fotosurat e'lon qilindi. Unda yoş yigit öldirilgan tulki va vişildoq oqquşni qölida uşlab turgani, yerda esa uçta kaptar va quyon yotganini köriş mumkin.
«Suratga köra, barça hayvonlar va quşlar öldirilgan. Şuni ta'kidlaş kerakki, vişildoq oqquş ham Özbekiston Qizil kitobiga, ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan», - deya xabar bergan Ekologiya qömitasi.
Hisob-kitoblarga köra, hayvonot olamiga yetkazilgan umumiy zarar 12 million sömdan oşadi.
Suratdagi yigitning şaxsini aniqlaş va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegişli çoralar köriş uçun barça mavjud ma'lumotlar, şu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan fotosurat Içki işlar vazirligi va Boş prokuraturaga yuborildi.
Uşbu holat Ekologiya qömitasi nazorati ostiga olingan. Keyingi barça ma'lumotlar qömitaning rasmiy veb-saytida e'lon qilinişi aytiladi.
Bundan oldin, Qaşqadaryoda qönğir ayiqning öldirilişi böyiça tafsilotlar ma'lum qilingandi.













